Uill Smit: Qur’onni boshidan oxirigacha o‘qib chiqdim
- Жанр: Yangiliklar
- Смотрели: 55
- Формат: mp4
- Дата релиза: 18-03-2024, 16:02
Uill Smit hayotining so‘nggi ikki yili qiyin kechgani, bu esa uni ichki dunyosi haqida fikr yuritishga undaganini ta’kidladi. Aktyor bu davrda barcha muqaddas kitoblarni, jumladan Qur’on karimni ham o‘qiganini ta’kidladi.
“O‘tgan yili Ramazon oyida Qur’onni boshidan oxirigacha o‘qib chiqdim”. Uning qo‘shimcha qilishicha, bu “hayotimda ma’naviyat izlash... Bu hayotimda ko‘proq odamlarni sig‘dira olishim uchun qalbimni iloji boricha kengaytirishni xohlagan vaqtim edi”, - dedi u.
Uuningdek, u Qur’onning ma’nosi va Muso (alayhissalom) qissasi unga qanday ta’sir qilgani haqida gapirdi. Taniqli aktyor Qur’onni to‘liq o‘qishdan o‘zingizga nima oldingiz, degan savolga Qur’onda Muso alayhissalomning necha marta zikr etilganidan hayratda qolgani, buning qiziqarli ekani, Muso alayhissalomning qissasi va boshidan kechirgan voqealar kuchli ta’sir ko‘rsatganini aytdi.
“Oddiyligi meni hayratga soldi... Qur’on oddiy va undagi hamma narsa oynadek ravshan... va uni o‘qib chiqqandan keyin qandaydir tushunmovchilikka borish juda qiyin”, — dedi u jurnalistga bergan intervyusida.