JSST: Jahonda 5 mlrd inson transyog‘larning zararli ta’siridan himoyalanmagan

  • Жанр: Salomatlik
  • Смотрели: 58
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 18-03-2024, 15:54
Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining ma’lumotiga ko‘ra, so‘nggi yillarda transyog‘lardan foydalanish sezilarli darajada oshgan.

Chunki ular odatda organizm uchun foydali yog‘larga qaraganda arzonroq va qator kimyoviy va fizik xususiyatlarga ega. Masalan, xona haroratida qattiq holatda saqlanib qoladi, shu sabab ularni turli xil qayta ishlangan oziq-ovqat mahsulotlariga qo‘shish qulay.

Eslatib o‘tamiz, transyog‘lar sanoat yoki tabiiy to‘yinmagan yog‘li kislotalardir. Sanoatda ishlab chiqarilgan ushbu mahsulot margarin, o‘simlik yog‘lari, qovurilgan taom va pishiriqlar, xususan, krakerlar, pechenye va piroglarda mavjud. Tabiiy transyog‘lar kavsh qaytaruvchi hayvonlar (masalan, sigir, qo‘y, echki) go‘shti va ulardan olinadigan sut mahsulotlarida bo‘ladi. Sanoatdagi va tabiiy transyog‘larning ikkisi ham birdek zararli.

JSSTning yangi hisobotida aytilishicha, dunyo bo‘ylab besh milliard odam ushbu yog‘larning zararli ta’siridan himoyalanmagan bo‘lib, bu yurak xastaliklari va o‘lim xavfini oshiradi. Har yili sanoatda ishlab chiqarilgan transyog‘lar dunyo bo‘ylab 278 mingdan ortiq o‘limga sabab bo‘lmoqda.

JSST mazkur turdagi yog‘larni taqiqlash yoki uni kunlik energiya miqdorining 1 foizigacha kamaytirishni tavsiya qiladi. Ya’ni, kunlik rasionda 2000 kaloriya bo‘lsa, transyog‘lar 2,2 grammga to‘g‘ri kelishi lozim. Ularni salomatlik uchun foydali yog‘lar bilan almashtirish mumkin.

Ilg‘or tajribaga asoslanib, JSST davlatlar uchun ikkita variantni tavsiya qiladi:
1) barcha oziq-ovqat mahsulotlarida sanoatda ishlab chiqarilgan transyog‘lar umumiy yog‘ miqdorining 100 gr uchun 2 gr dan ko‘p bo‘lmagan majburiy umummilliy cheklovni joriy etish;
2) transyog‘larning asosiy manbalaridan biri bo‘lgan qisman gidrogenlangan moylar ishlab chiqarish yoki ularni har qanday oziq-ovqat mahsulotida ishlatishni majburiy umummilliy taqiqlashni joriy etish.
Qator mamlakatlar tajribasi shuni ko‘rsatadiki, majburiy cheklovlar ixtiyoriy cheklovlardan farqli o‘laroq, oziq-ovqat mahsulotlaridagi transyog‘lar miqdorini va ularni aholi tomonidan iste’mol qilishni kamaytirishda ancha samarali.
Sog‘liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati.

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati