Enrike Mbappedan foydalanib qolish kerakligini aytdi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 26
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 18-03-2024, 15:28
Yakshanba oqshomida “PSJ” mehmonda “Monpelye”ni 6:2 hisobida mag‘lub etdi va Kilian Mbappe xet-trik qayd etdi. O‘yindan so‘ng jamoa ustozi Luis Enrike forvard haqida fikr bildirdi.

“Mbappe ajoyib o‘yin o‘tkazdi. Imkoniyatimiz bor ekan, undan foydalanishimiz kerak. Qachonki bu imkoniyat yo‘q bo‘lsa, biz o‘z darajamizni oshirishimiz kerak bo‘ladi. U tug‘ilganidan beri jarima maydonchasi tashqarisidan gol urmoqda", - deya Enrikening so‘zlarini keltiradi AS o‘z sahifalarida.

Kilian Mbappe yozda “Real”ga o‘tishi kutilmoqda. “PSJ” Fransiya chempionati turnir jadvalida ishonchli tarzda peshqadamlik qilmoqda.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati