“Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi”

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 49
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 18-03-2024, 15:22
“Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi” huquqiy aksiyasi doirasida 98 192 nafar shaxsda tegishli hujjatlar mavjud emasligi aniqlangan, shundan 88 570 tasi ijobiiy hal etildi.

AOKAda Adliya vaziri o‘rinbosari va mutasaddilari ishtirokida o‘tkazilgan matbuot anjumanida "Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi" aksiyasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar va davlat xizmatlari sohasidagi yangiliklar haqida ma’lumot berildi.

✔️Qayd etilishicha, 1 261 nafar shaxsning tug‘ilishi qayd etib berildi;

✔️9 450 nafar shaxsga tug‘ilganlik haqida takroriy guvohnoma berildi;

✔️6 503 ta qonuniy nikohdan o‘tmasdan birga yashayotgan shaxslarning nikohi qayd etildi;

✔️2 593 nafar shaxsning o‘limi muddati o‘tib qayd etildi;
3 429 nafar shaxsning o‘limi haqida takroriy guvohnoma berildi;
✔️7 973 nafar fuqaroga ID-karta rasmiylashtirildi;
✔️23 274 ta tadbirkorlik sub’ektlari davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi;
✔️17 865 ta ko‘chmas mulk ob’ektlari davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati