Soxta Milliy gvardiya xodimi qo‘lga olindi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 44
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 18-03-2024, 15:20
Respublikamiz bo‘ylab Milliy gvardiya xodimlari tomonidan, xiyobonlarda, parklar va bozorlarda, shuningdek ommaviy tadbir o‘tkaziladigan joylarda jamoat tartibi va fuqarolar xavfsizligi ta’minlanib kelinmoqda.

Joriy yilning 17 mart kuni soat 13.05 larda poytaxtimizning «Eski Juva» bozori hududida xizmat vazifasini o‘tayotgan Milliy gvardiya xodimlarining sergakligi tufayli ushbu bozorda Milliy gvardiyaning dala kiyimida yurgan notanish shaxs qo‘lga olindi.

Olib borilgan dastlabki surishtiruv ishlari davomida, o‘zini Milliy gvardiya xodimiman deb yurgan ushbu shaxs, aslida Toshkent shahar Shayxontohur tumanida yashovchi 27 yoshli fuqaro M.A. ekanligi, shuningdek Toshkent shahar 1 sonli ruhiy asab kasalliklari dispanserida ro‘yxatda turishi aniqlangan. Ushbu fuqaro Shayxontohur tumani IIB mas’ul xodimlariga topshirilib, soxta guvohnoma va harbiy kiyim-kechaklari olib qo‘yilgan.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati