Sergeli tumanida 480,7 mln so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan issiqxona aniqlandi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 52
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 18-03-2024, 15:16
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Sergeli tuman bo‘limi tomonidan GTF xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro J.K. va boshqalar “Bobur” MFY hududidagi uyda tijorat maqsadida tashkil etilgan issiqxonada temir truba va rezina shlanglar yordamida umumiy foydalanishdagi tabiiy gaz tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulanib jami 320,4 ming metr kub tabiiy gazni o‘g‘irlab, davlat va jamiyat manfaatlariga 480,7 mln so‘m zarar yetkazganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.










Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati