Kubok finalini qabul qilish uchun uch stadion da’vogarlik qiladi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 47
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 18-03-2024, 15:08
Liga 2020 yildan boshlab kubok finaliga mezbonlik qiladigan stadionlar nomiga shaffof qur’a orqali aniqlik kiritib keladi. Shu tariqa Namangan (2020), Samarqand (2021), Buxoro (2022), Qarshi (2023) shaharlari mos ravishda finallarni qabul qildi.

2024 yilgi mavsumda Liga uch stadionga shunday imkoniyat taqdim etadi: "Istiqlol", "Bobur arena" va "Olmaliq". Mazkur stadionlar o‘tgan mavsumda Liga talabi bo‘yicha yoritish, sug‘orish, drenaj tizimlarini yaxshiladi, maydon maysasi o‘zgartirildi.

O‘zbekiston kubogining guruh bosqichiga 21 mart kuni qur’a tashlanishi ma’lum qilingandi. "Sport TV" orqali jonli efirga olib chiqiladigan jarayon vaqtida kubok finaliga mezbonlik qiladigan stadion nomiga ham oydinlik kiritiladi. Final 5 oktyabr kuni bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati