G‘azoda saharlik vaqti bir oilaning 36 nafar a’zosi halok bo‘ldi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 46
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 18-03-2024, 15:02
G‘azo markazidagi Nuseyrat lagerida saharlik uchun yig‘ilgan Tabatibilar oilasining 36 nafar a’zosi bombardimon oqibatida halok bo‘ldi. Bu haqda France24 xabar berdi.

Guvohlarga ko‘ra, ayollar saharlik uchun ovqat tayyorlayotgan paytda ular turgan binoga havo hujumi uyushtirilgan va 36 nafar oila a’zosi halok bo‘lgan. Hujumdan omon qolgan, biroq chap qo‘lidan jarohat olgan 19 yoshli Muhammad at-Tabatibiy yaqinlarining o‘limiga munosabat bildirgan.

“Bu mening onam, bu mening otam, bu mening xolam va bular mening ukalarim. Biz uyda bo‘lganimizda ular uyni bombardimon qilishdi. Onam bilan xolam saharlik uchun taom tayyorlayotgan edi. Ularning barchasi shahid bo‘ldi”, — degan Muhammad at-Tabatibiy jasadlarni qabristonga olib borish uchun yuk mashinasiga ortishdan avval.

Jasadni solish uchun sumkalar yetarli bo‘lmagani sababli qurbonlarning ba’zilari, jumladan kamida ikki bola qonga bo‘yalgan oq matoga o‘ralgan. Nuseyratdagi zarba bir kechada yuz bergan 60 ta “halokatli havo hujumlaridan” biriga aylanib, HAMAS tomonidan “qonli kecha” deb baholangan.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati