Fransiya Rossiyaga qarshi quruqlikda operasiya o‘tkazishi mumkin

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 44
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 18-03-2024, 14:58
Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Ukrainada Rossiyaga qarshi quruqlikdagi operasiya o‘tkazish mumkinligini, lekin buni xohlamasligini aytdi. Bu haqda u Le Parisien gazetasiga ma’lum qildi.

Fransiya prezidentining fikricha, uning mamlakati “har qanday ssenariyga” tayyorlanishi kerak.

Shuningdek, Makron ko‘plab Yevropa davlatlari “Fransiya chizig‘ini qo‘llab-quvvatlashi va bu kichik davlatlar emasligi”ni ta’kidladi.

Fevral oyi oxirida Emmanuel Makron Yevropa davlatlari rahbarlari bilan uchrashuvdan so‘ng Ukrainaga qo‘shin kiritilishi ehtimolini rad etmagandi. Keyinchalik Kiyevning bir qator ittifoqchilari, jumladan Germaniya va AQSh bunday rejalar yo‘qligini e’lon qildi.

Biroq ba’zi davlatlar ushbu mavzu bo‘yicha muhokamani qo‘llab-quvvatladi, ular orasida Boltiqbo‘yi mamlakatlari, Polsha va Finlyandiya bor edi. Keyinchalik Polsha rasmiysi mamlakat har qanday holatda ham Ukrainaga qo‘shin yubormasligini aytdi.

Kreml bu holatda “biz Rossiya va NATO o‘rtasidagi to‘g‘ridan to‘g‘ri to‘qnashuv ehtimoli haqida emas, balki muqarrarligi haqida gapirishimiz kerak” deya munosabat bildirdi. NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg alyans Ukrainaga o‘z qo‘shinlarini yuborishni rejalashtirmayotganini aytdi.


Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati