Prezident O‘simliklar karantini va himoyasi agentligida bo‘ldi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 43
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 18-03-2024, 14:48
Prezident Shavkat Mirziyoyev 18 mart kuni O‘simliklar karantini va himoyasi agentligida bo‘lib, sohadagi rejalar taqdimoti bilan tanishdi.

Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi bu agentlik o‘simliklar karantini, himoyasi va agrokimyo sohalarida davlat boshqaruvi organi hisoblanadi. Shunga muvofiq, tuproq, o‘g‘itlar va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari tarkibini tahlil qiladi, zararli organizmlar kirib kelishi va tarqalishiga qarshi kurashib, fitosanitar toza mahsulotlar yetishtirilishini ta’minlaydi.

So‘nggi yillarda sohada 7 ta yangi axborot tizimi joriy qilinib, 40 ta yo‘nalish raqamlashtirildi. Xalqaro tashkilotlar va moliya institutlarining 20 million dollarga yaqin grant mablag‘lari jalb etilib, laboratoriya va uskunalar yangilandi. Hududlardagi stasionar va mobil laboratoriyalar orqali 1 million 40 ming gektar yerning tuproq tahlili o‘tkazilib, mineral o‘g‘itlarni qo‘llash me’yorlari ilmiy asosda belgilandi va “uzagrolab.uz” dasturiga kiritildi. Undagi ma’lumot va tavsiyalar orqali fermerlar dala va bog‘larga aniq ishlov bermoqda.

Bunday chora-tadbirlar meva-sabzavotlarimiz sifati va xavfsizligida muhim omil bo‘lmoqda. Bugungi kunda 80 ta davlatga qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksporti uchun 620 ta fitosanitar ruxsatlar olingan. “GSP+” tizimi doirasida 200 ming gektar maydon xalqaro talablarga moslashtirilgan. 2023 yilda qishloq xo‘jaligi sohasidagi eksport qariyb 2 milliard dollarni tashkil etgan. Lekin aslida eksport salohiyati bundan ancha ko‘p.

Shu yil 18 yanvar kuni eksport va sanoat masalalari bo‘yicha bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishida meva-sabzavotchilik sohasidagi chora-tadbirlar ham belgilangan edi. Xususan, O‘simliklar karantini va himoyasi agentligiga eksportbop mahsulotlar ekilishini tashkillashtirish hamda yangi salohiyatli bozorlar topish bo‘yicha vazifa qo‘yilgandi.

Taqdimotda shu borada qilinayotgan ishlar va rejalar haqida axborot berildi.
Loyihalardan biri “Agroko‘makchi” mobil ilovasi bo‘lib, unda o‘simliklar himoyasi, bu sohadagi xizmatlar, foydali ma’lumotlar, eksport bo‘yicha maslahatlar bilan tanishish mumkin.
Asiaexport.se platformasi esa yurtimizdagi eksportchilar bilan chet eldagi xaridorlarni o‘zaro bog‘laydi. Unda nafaqat meva-sabzavotlar va quritilgan mevalar, balki sharbatlar, uy-ro‘zg‘or buyumlari, qandolatchilik, to‘qimachilik, charmdo‘zlik va farmasevtika mahsulotlari kabi keng turdagi tovalarlar haqida ma’lumotlar joylashtiriladi.
Agentlikning xalqaro ePhyto solution innovasion tizimi doirasidagi hamkorligi haqida ham axborot berildi. Bu tizim orqali 119 ta mamlakat bilan fitosanitar sertifikatlar elektron shaklda almashilmoqda. Joriy yilda yana 8 ta davlatga 25 turdagi mahsulot bo‘yicha fitosanitar ruxsatnoma olinadi.
Shu kabi chora-tadbirlar natijasida bu yil qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksportini 3,5 milliard dollarga yetkazish mo‘ljallangan.

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati