• Главная
  • »
  • Yangiliklar
  • »
  • PUBG akkaunt sotaman deya fuqaroning pullarini uxlatgan yigitcha 9 sinf o‘quvchisi bo‘lib chiqdi

PUBG akkaunt sotaman deya fuqaroning pullarini uxlatgan yigitcha 9 sinf o‘quvchisi bo‘lib chiqdi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 47
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 18-03-2024, 14:12
Toshkent shahri, Chilonzor tumanida yashovchi 26 yoshli X.S. IIOga murojaat qilib, bank kartasidan 550.000 so‘m miqdoridagi pul mablag‘lari noma’lum shaxs tomonidan firibgarlik yo‘li bilan o‘zlashtirilganligini ma’lum qilgan.

Tezkor-qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik bo‘linmalari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni Toshkent viloyati Yangihayot tumanida yashovchi 15 yoshli A.F. sodir etganligi aniqlandi.

Gumonlanuvchi sifatida tergov harakatlariga jalb etilgan, A.F., jabrlanuvchi X.S. bilan “Telegram” messenjerida tanishib, “PUBG” akkauntini sotishi haqida aytib uni aldab, o‘zining foydalanuvida bo‘lgan bank kartasiga 550.000 so‘m miqdoridagi pul mablag‘larini o‘tkazib olgan va yozishmalarni o‘chirib yuborib, pullarini o‘z ehtiyojlariga sarflab yuborgan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 3-qismi “g” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, A.F.ning sodir etilib, fosh etilmay qolgan boshqa shu turdagi jinoyatlarga aloqadorligini tekshirish maqsadida tergov, tezkor-qidiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

Qonunga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “g” bandidagi jinoiy xatti-harakatlar uchun 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati