Qazaq Air O‘zbekistonga parvozlarni boshladi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 45
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 18-03-2024, 14:10
«O‘zaviasiya» agentligi tomonidan Qozog‘istonning Qazaq Air aviakompaniyasiga O‘zbekistonga muntazam aviqatnovlarni amalga oshirish uchun ruxsat berildi, deb xabar qildi agentlik matbuot xizmati.

Ruxsatnoma 13 mart kuni berilgan. Aviatashuvchi Turkiston — Samarqand — Turkiston yo‘nalishi bo‘yicha DHC-8−402 samolyotida parvozlarni amalga oshiradi.

Aviakompaniya fevral oyi oxirida shaharlar o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘yish rejasini e’lon qilgan. 15 martdan boshlab parvozlar haftasiga ikki marta — har juma va yakshanba kunlari amalga oshiriladi:

Bir tomonga chipta narxi 25 ming tengedan boshlanadi (Markaziy bankning 16 martdagi kursi bo‘yicha 706 ming so‘m).

Qazaq Air mintaqalararo aviakompaniya bo‘lib, 2018 yilda tashkil etilgan. U «Samruk-Kazina» milliy jamg‘armasiga tegishli, kompaniya xabi Ostona aeroportida joylashgan. Asosan Qozog‘iston va Rossiya shaharlari o‘rtasida qatnovlar amalga oshiradi.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati