Yunonistonda 100 yildan ziyod vaqtdan buyon yopiq turgan masjid qayta ochiladi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 29
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 18-03-2024, 14:08
Yunoniston hukumati mamlakatning ikkinchi yirik shahri hisoblangan Salonikidagi tarixiy Yeni masjidi 100 yildan ortiq vaqtdan beri ilk bor 10 aprel kuni Ramazon hayiti munosabati bilan musulmonlar uchun ochiq bo‘lishini e’lon qildi. Rodos orolidagi XVI asrga oid Sulaymoniya masjidi ham bayram namozi uchun musulmonlarga beriladi. Bu haqda Azon Global ma’lum qildi.

“Din ishlari bo‘yicha bosh kotibiyat musulmonlarga Ramazon oyini mehr-oqibat, xayr-ehson va xayrli ishlar oyiga aylantirishni tilaydi. [...] Ayniqsa, Rodos va Saloniki viloyatlari uchun Sulaymoniya masjidi va Yeni masjidi 10 aprel kuni musulmon vatandoshlarimiz va mehmonlarimizning namoz o‘qishlari uchun foydalanishga topshiriladi”, — deyiladi vazirlik bayonotida.

Rodos orolidagi Sulaymoniya masjidi.

1902 yilda italyan me’mori Vitaliano Poselli tomonidan qurilgan Usmonlilarning Yeni (Yangi) masjidi islomni qabul qilgan Saloniki yahudiylari uchun qurilgan bo‘lsa, Rodosdagi Sulaymoniya masjidi 1522 yilda barpo etilgan va sulton Sulaymon I nomi bilan atalgan. 1923 yil Lozanna shartnomasi imzolangandan so‘ng G‘arbiy Frakiyadagilardan tashqari Gresiyada yashovchi barcha musulmonlar Turkiyaga ko‘chiriladi.

Yunonistonda musulmonlarning umumiy soni 100-140 ming kishigacha, G‘arbiy Frakiyada esa aholining uchdan bir qismini tashkil qiladi.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati