Samarqandda bolani uning vasiysi kishanlab qo‘ygan — bolalar ombudsmani

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 48
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 18-03-2024, 14:06
O‘zbekistondagi bolalar huquqlari bo‘yicha vakil Surayyo Rahmonova Samarqandda mashinaga kishanlab qo‘yilgan o‘g‘il bola tasvirlangan videoga izoh berdi.

Bolalar ombudsmanining ma’lum qilishicha, jabrlanuvchi (2011 yilda tug‘ilgan) Samarqand viloyati Paxtachi tumanidagi «Qalqon-jasorat» harbiy sport maktabining 6-sinf o‘quvchisi sanaladi. Uning vasiylari J.S. va E.M. ushbu maktab o‘qituvchisi X.SH.dan bolani «xulqi og‘irligi tufayli» Samarqand viloyatidagi Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markaziga yuborishni so‘ragan.

Xabarda aytilishicha, 15 mart kuni maktab o‘qituvchisi qochib ketmasligi uchun bolani noqonuniy ravishda mashinaga kishanlab qo‘ygan.

Holat yuzasidan Samarqand shahri Ichki ishlar boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 138-moddasi (Zo‘rlik ishlatib g‘ayriqonuniy ravishda ozodlikdan mahrum qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.



Bolalar ombudsmani bolaga tibbiy, psixologik va ijtimoiy yordam ko‘rsatish choralari ko‘rilayotganini ma’lum qildi.
«Bola qanday xulqda bo‘lishidan qat’i nazar, unga nisbatan bunday g‘ayriinsoniy, noqonuniy chora ko‘rilishiga mutlaqo yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Bunday chora bolaning erkinligi va shaxsiy daxlsizligi huquqiga ziddir», — deydi Surayyo Rahmonova.
O‘zbekiston «Ezgulik» inson huquqlari jamiyati rahbari Abdurahmon Tashanovning yozishicha, bolani sobiq huquq-tartibot xodimi zanjirband qilgan.
Prezident huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari Shahnoza Mirziyoyeva o‘smirga hozirda malakali psixologlar tomonidan zarur yordam ko‘rsatilayotganini bildirdi.
«Jamoatchilikni larzaga keltirgan bu hodisa ko‘rilayotgan chora-tadbirlar bolalarga nisbatan zo‘ravonlik holatlariga barham berish uchun hali yetarli emasligini ko‘rsatib qo‘ydi», — deydi u.

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati