Toshkent viloyatidagi tug‘ruqxonada antibiotik ukol qilinishi sababli yosh homilador ayol vafot etdi
- Жанр: Salomatlik
- Смотрели: 55
- Формат: mp4
- Дата релиза: 18-04-2024, 17:22
Birinchi homiladorligi haqida xabar berilgan ayol 28 haftalik homilador bo‘lgan.
Ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramay, ayol va uning tug‘ilmagan bolasini saqlab qolishning iloji bo‘lmagan. Oqibatda ayol va uning tug‘ilmagan bolasi ham vafot etgan.
Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumani tibbiyot birlashmasi rahbari o‘rinbosarining ma’lum qilishicha, navbatchi hamshiraga nisbatan tegishli chora ko‘rilmoqda va hamshira ishdan chetlatilgan.
Mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda. Sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan.
Qayd etilishicha, ushbu hodisa yuzasidan tergov harakatlari Toshkent viloyati prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan.