Blinken: avtoritar rejimlar demokratiyaga putur yetkazish uchun texnologiyadan foydalanyapti

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 20
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 18-03-2024, 13:48
AQSh davlat kotibi Entoni Blinken avtoritar rejimlar inson huquqi va demokratiyaga putur yetkazish uchun texnologiya yutuqlaridan foydalanayotganiga urg‘u bergan.

– Hozirgi sharoitda texnologiya demokratiya qadriyati va me’yorini qo‘llab-quvvatlashi hamda mustahkamlashini ta’minlashimiz zarur, – dedi davlat kotibi Seulda bo‘lib o‘tgan uchinchi “Demokratiya uchun sammit”da. – Demokratiya inson qobiliyatini to‘liq ochish, xalqlar manfaati yo‘lida muvaffaqiyatga erishish uchun eng samarali vosita. Biz erkin va halol saylov mavzusini ilgari suramiz.

Bu gal 18-20 mart kunlariga belgilangan ushbu anjumanning birinchisi 2021 yil dekabrda Vashington tashabbusi bilan videokonferensiya shaklida tashkil etilgan edi. O‘shanda Amerika hukumati 110 davlatdan vakil taklif etgan, ro‘yxatga Rossiya, Misr, Xitoy, Turkiya kabi bir necha mamlakat kiritmagan.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati