Evropa investisiya banki mudofaani ko‘proq moliyalashtirishga chaqirildi
- Жанр: Yangiliklar
- Смотрели: 43
- Формат: mp4
- Дата релиза: 18-03-2024, 13:46
“Bloomberg” yozishicha, maktubda YEIB mudofaa bilan bog‘liq yo‘nalishlarni moliyalashtirishni kuchaytirish bilan bog‘liq turli imkoniyatlarni o‘rganishi kerakligi, shuningdek mudofaa sanoatini kreditlash va cheklov siyosatini qayta ko‘rib chiqishi zarurligi ham aytilgan.
Hujjatni Bolgariya, Germaniya, Daniya, Italiya, Latviya, Litva, Niderlandiya, Polsha, Ruminiya, Finlyandiya, Fransiya, Chexiya, Shvesiya va Estoniya yetakchilari imzolagan.
21-22 mart kunlari bo‘lib o‘tadigan Yevropa Ittifoqi sammitida xavfsizlik masalasi, jumladan YEIBning mudofaa sohasida tutgan o‘rni muhokama qilinadi.