• Главная
  • »
  • Yangiliklar
  • »
  • O‘zbekiston delegasiyasi BMTning Giyohvand moddalar bo‘yicha komissiyasining 67-sessiyasida ishtirok etmoqda

O‘zbekiston delegasiyasi BMTning Giyohvand moddalar bo‘yicha komissiyasining 67-sessiyasida ishtirok etmoqda

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 44
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 18-03-2024, 13:44
O‘zbekiston delegasiyasi joriy yilning 14-22 mart kunlari Vena shahrida bo‘lib o‘tayotgan Birlashgan Millatlar Tashkilotining Giyohvand moddalar bo‘yicha komissiyasining (GMK) 67-sessiyasida ishtirok etmoqda, deb xabar qilyapti "Dunyo" AA muxbiri.

Xususan, 14-15 mart kunlari mamlakatimiz delegasiya O‘zbekistonning giyohvandlikka qarshi kurashish va xorijiy davlatlar bilan tajriba almashish borasida taqdimot qildi. Shuningdek, O‘zbekiston vakillari sessiya davomida giyohvandlik bilan bog‘liq muammolarni bartaraf etishga qaratilgan strategiya va tashabbuslarni muhokama qilishda faol ishtirok etishdi hamda muhim uchrashuv va yordamchi tadbirlarda qatnashdi.

Sessiyada O‘zbekistonning Avstriyadagi elchisi Baxtiyor Ibragimov so‘zga chiqib, giyohvandlikka qarshi global kurashda GMKning roli muhimligini ta’kidladi. Diplomat, shuningdek, O‘zbekistonning BMTning Narkotiklar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasi bilan hamkorligiga to‘xtaldi va giyohvandlikka qarshi milliy strategiya mamlakatimiz uchun asosiy ustuvor yo‘nalish sifatida muhimligini qayd etdi.

Anjuman doirasida Markaziy Osiyo mintaqaviy axborot muvofiqlashtiruvchi markazi tomonidan sintetik giyohvand moddalar savdosiga qarshi kurash mavzusida alohida tadbir o‘tkazildi. Unda O‘zbekistonning Venadagi xalqaro tashkilotlar huzuridagi Doimiy vakili so‘zga chiqib, sintetik giyohvand moddalarning global tahdidini ta’kidladi va ushbu tahdidga qarshi kurashda Markaziy Osiyo mintaqaviy axborot muvofiqlashtiruvchi markazi sa’y-harakatlarini yuqori baholadi. Shuningdek, barcha sa’y-harakatlarni yanada faollashtirish zarurligi qayd etish barobarida, O‘zbekiston bu borada hamkorlikka tayyorligi bildirildi.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati