Angliyalik futbolchi La Ligada faoliyatini davom ettirishi mumkin

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 16
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 18-03-2024, 13:22
22 yoshli hujumchi Meyson Grinvud faoliyatini Madridda davom ettirishga yaqin turibdi.

Todofichajes portali xabariga ko‘ra, "Atletiko Madrid" "Xetafe"da ijara asosida o‘ynayotgan angliyalik futbolchini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.

"Matraschilar" allaqachon futbolchining to‘liq shartnomasiga egalik qiluvchi "Manchester Yunayted" bilan muzokaralar olib borishgan.

Madridliklar hujumchini 2025 yilda sotib olish imkoniyati bilan ijaraga olmoqchi. Ispaniya chempionatining joriy mavsumida Grinvud 24 ta o‘yin o‘tkazdi.

Uning hisobida oltita gol va beshta golli uzatma bor.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati