Rossiya prezidenti saylovi: O‘zbekistonda ovoz bergan rossiyaliklar soni ma’lum qilindi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 42
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 18-03-2024, 13:08
Rossiya prezidenti saylovida O‘zbekistonda ovoz bergan rossiyaliklar soni 4 661 nafarni tashkil etdi. Bu haqda Rossiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi ma’lum qildi.

O‘zbekistonda ovoz berish uchun 17 mart kuni soat 8:00 dan Toshkent va Samarqandda saylov uchastkalari ochildi va soat 20:00 da yopildi. Sputnik’ning yozishicha, Toshkent viloyatining Olmaliq, Angren va Chirchiq shaharlarida yashovchi fuqarolar uchun Toshkent shahridagi saylov uchastkasiga olib borish uchun avtobuslar tashkil etildi.

Toshkentda Rossiya elchixonasida prezident saylovida ovoz beruvchilar katta navbat hosil qildi. Shu sababli jarayonni tezlashtirish uchun byulleten tarqatiladigan stollar uchtaga ko‘paytirildi. Samarqandda ham ovoz berishni xohlovchilar katta navbati yuzaga kelgan.

Elchi saylovni tashkil etishda ko‘rsatgan yordami va bu yerda bo‘lgan Rossiya fuqarolarining o‘z xohish-irodasini bildirishi uchun tegishli shart-sharoitlar yaratib bergani uchun O‘zbekiston hukumatiga alohida minnatdorchilik bildirdi.

Rossiyada prezidentlik saylovlari 15 mart kuni boshlangan edi. Rossiyadagi prezidentlik saylovida ishtirokchilar soni avvalgi saylovlardan oshib ketdi. Rossiya prezidenti saylovi kuzatuvida Markaziy saylov komissiyasi raisi Zayniddin Nizomxo‘jayev boshchiligidagi O‘zbekiston delegasiyasi ham ishtirok etdi.

Saylovdagi ovozlarning 99,59 foizi hisoblab chiqilgandan so‘ng Putin 87,33 foiz ovoz oldi. Shavkat Mirziyoyev Rossiya prezidenti Vladimir Putinni bo‘lib o‘tgan prezident saylovida qozongan ishonchli g‘alabasi bilan tabrikladi. Putinni, shuningdek, Boliviya, Venesuela, Nikaragua, Kuba, Shimoliy Koreya, Tojikiston davlati rahbalari ham tabrikladi.


Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati