Infantino: Maydonda har bir futbolchi xavfsiz bo‘lishi kerak

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 41
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 18-03-2024, 13:04
Xalqaro futbol federasiyasi (FIFA) prezidenti Janni Infantino Turkiya Superligasining “Fenerbaxche” – “Trabzonspor” uchrashuvida futbolchilar va muxlislar o‘rtasidagi mushtlashuv epizodiga izoh berdi.

«Trabzonspor» va «Fenerbaxche» o‘rtasidagi Premyer-liga o‘yinidan so‘ng turk muxlislari guvoh bo‘lgan zo‘ravonliklarga mutlaqo yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi - maydonda ham, uning tashqarisida ham, sportimizda ham, jamiyatimizda ham unga o‘rin yo‘q.

Men buni avval ham aytganman va yana aytaman – Maydonda har bir futbolchi butun dunyo bo‘ylab ko‘plab odamlarga quvonch keltiradigan o‘yinni o‘ynash uchun xavfsiz bo‘lishi kerak.

Tegishli organlarni barcha darajadagi ushbu qoidaga rioya etilishini ta’minlashga va Trabzondagi dahshatli voqealar uchun javobgarlarni o‘z qilmishlari uchun javobgarlikka tortishga chaqiraman”, - dedi Infantino.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati