Chexiya butun dunyo bo‘ylab Ukraina uchun 1,5 million snaryad topganini ma’lum qildi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 40
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 18-03-2024, 13:00
Chexiya Ukrainaga o‘q-dorilarni topishga yordam berdi. Natijada, mamlakat Rossiyaga qarshi kurashish uchun Ukrainaning asosiy o‘q-dori yetkazib beruvchilardan biriga aylanadi, deya xabar berdi WSJ.

Chexiya Rossiy—Ukraina urushidan ko‘p o‘tmay butun dunyo bo‘ylab o‘q-dorilarni qidirishni boshlagan. Mamlakat allaqachon 800 000 ming snaryad sotib olishga kelishib olgan va qo‘shimcha mablag‘ bilan sotib olinishi mumkin bo‘lgan yana 700 000 ta snaryad topgan. Chexiya rasmiylari 1,5 million snaryad sotib olish uchun 3 milliard yevro kerakligini aytgan. Germaniya, Gollandiya, Kanada, Daniya allaqachon 800 ming snaryad uchun pul ajratishga va’da bergan.

Ma’lum bo‘lishicha, Chexiya rasmiylari dunyo bo‘ylab o‘q-dorilar ishlab chiqaruvchi mamlakatlar bilan eksport lisenziyalari bo‘yicha muzokaralar olib borgan.

G‘arb harbiylarining hisob-kitoblariga ko‘ra, Ukrainaga oyiga 200 ming snaryad kerak. 15 mart kuni Yevropa Komissiyasi snaryadlar, porox, portlovchi moddalar va raketalarni ishlab chiqarish xarajatlarining 45 foizini subsidiyalashni nazarda tutuvchi ASAP (o‘q-dorilarni qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risidagi qonun) loyihasi doirasida 500 million yevro ajratilishini e’lon qilgan. ASAP yordami 15 mamlakatdagi 31 ta loyiha uchun ajratilgan.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati