«O‘zaviasiya» Qazaq Air aviakompaniyasiga O‘zbekistonga parvoz qilishga ruxsat berdi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 45
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 18-03-2024, 12:56
O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida havo qatnovi to‘g‘risidagi hukumatlararo bitimga asosan 2024 yil 13 martda «O‘zaviasiya» agentligi tomonidan Qazaq Air aviakompaniyasiga O‘zbekistonga Turkiston - Samarqand – Turkiston yo‘nalishida muntazam aviaqatnovlarini amalga oshirish ruxsatnomasi rasmiylashtirib berildi.

Parvozlar DHC-8-402 havo kemasida amalga oshiriladi.

Qazaq Air mintaqalararo aviakompaniya bo‘lib, 2018 yilda tashkil etilgan. U «Samruk-Kazina» milliy jamg‘armasiga tegishli, kompaniya xabi Ostona aeroportida joylashgan. Asosan Qozog‘iston va Rossiya shaharlari o‘rtasida qatnovlar amalga oshiradi.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati