Qozog‘istonda nos sotganlar jarimaga tortiladi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 43
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 18-03-2024, 12:54
Qozog‘istonda nosvoy sotganlar 92 ming tengedan ortiq (taxminan 2 million 571 ming so‘m) jarimaga tortiladi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligiga tayanib, “Polisia.kz” xabar berdi.

18—31 mart kunlari aholi o‘rtasida nosvoyning zarari, uni sotish bo‘yicha taqiqlangan talablarga tadbirkorlar tomonidan rioya qilish zarurligi haqida huquqiy tushuntirish ishlari olib boriladi.

Savdo qoidalarini buzish faktlari aniqlansa, aybdorlar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.

Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev 15 mart kuni Milliy qurultoyning uchinchi yig‘ilishida nutq so‘zlagan edi. U qozog‘istonliklarning sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi giyohvandlik va boshqa moddalar, jumladan, nosvoyning zarari haqida gapirgan.

O‘shanda prezident huquq-tartibot idoralari bu muammoni hal qilish uchun hech qanday chora ko‘rmayotganini aytgandi.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati