Rossiya hukumati Belgorod yana o‘qqa tutilganini xabar qildi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 47
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 18-03-2024, 12:44
Rossiya Mudofaa vazirligining ma’lum qilishicha, Belgorod viloyatida mahalliy vaqt bilan tahminan 8:30da RM-70 Vampire tizimining 10 ta raketasi urib tushirilgan.

Belgorod shahri meri Valentin Demidov ertalab shahar markazining o‘qqa tutilishi oqibatida bir kishi jarohatlanganini ma’lum qildi.

Belgorod viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasining ma’lumotlariga ko‘ra, 12 martdan beri viloyat hududiga uyushtrilgan hujumlar oqibatida 11 kishi halok bo‘lgan, 82 kishi turli darajada jarohatlangan.

So‘nggi kunlarda Belgorod shahri va Belgorod viloyati har kuni o‘qqa tutilmoqda. Ukraina tomoni bu hujumlar haqida izoh bermadi.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati