Shaharlararo yo‘nalishlarda qo‘shimcha avtobus qatnovlari amalga oshirilmoqda

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 44
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 18-03-2024, 12:38
Navro‘z bayrami arafasida Toshkent shahridan respublikamizning turli hududlariga muntazam avtobus yo‘nalishlari orqali o‘z manziliga yetib olishni rejalashtirgan yo‘lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida “Toshkent” avtovokzalidan amaldagi 32 ta reyslarga qo‘shimcha ravishda har kuni shaharlararo yo‘nalishlarda 17 ta avtobus qatnovlari tashkil etilmoqda. Qatnovlar “Toshkent” avtovokzalidan Samarqand, Buxoro, Qorako‘l, Mirbozor, Navoiy, Zarafshon, Xatirchi, Qiziltepa, Konimex, Uchquduq, Kadan, Payariq, Shahrisabz, Qarshi, G‘uzor, Sherobod, Termiz, Denov, Uzun, Urganch, Xiva shaharlariga amalga oshirilmoqda. Qatnov jadvali va chipta narxlari bilan avtovokzalning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifa bilan tanishing.












Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati