Xalqaro valyuta jamg‘armasi ekspertlari ishtirokida davra suhbati o‘tkazildi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 45
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 18-03-2024, 12:34
Iqtisodiyot va moliya vazirligida Xalqaro valyuta jamg‘armasi (XVJ) ekspertlari ishtirokida investorlar uchun “O‘zbekistonda qazib olish tarmog‘ining investisiya istiqbollari va soliq solish” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Unda Iqtisodiyot va moliya vaziri o‘rinbosari Axadbek Xaydarov boshchiligidagi Soliq-bojxona siyosati va daromadlar prognozi departamenti, Bazaviy tarmoq va sohalar korxonalari iqtisodiyoti, moliyasi va tarif siyosati departamenti, Tog‘-kon va metallurgiya sanoatini rivojlantirish, moddiy balanslarini shakllantirish bo‘limi hamda bir qator idoralar vakillari ishtirok etdi.

Xorijiy tomondan jamg‘armaning Fiskal siyosat departamenti katta iqtisodchisi, missiya rahbari Jan-Fransua Ven, XVJning xalqaro eksperti Alister Uotson va bir qancha investorlar qatnashdi.

Davra suhbatini Iqtisodiyot va moliya vaziri o‘rinbosari Axadbek Xaydarov o‘z kirish so‘zi bilan ochib berdi. Vazir o‘rinbosari yig‘ilganlarga mamlakatimizda amalga oshirilayotgan tizimli islohotlar va investorlar uchun yaratilayotgan keng imkoniyatlar to‘g‘risida ma’lumot berdi.

Shundan so‘ng, xorijiy tomon o‘z taqdimotlarini ishtirokchilar e’tiboriga havola qildi. Bundan tashqari, geologiya-qidiruv ishlari va foydali qazilmalarini qazib olish davrida soliq solish masalalariga alohida e’tibor berildi. Geologik qidiruv va foydali qazilmalarni qazib olishda soliqqa tortish bo‘yicha O‘zbekiston tajribasi haqida fikrlar almashildi. Davra suhbati yakunida tomonlar shu kabi maslahatlashuv va uchrashuvlarni yanada faollashtirishga kelishib oldi.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati