• Главная
  • »
  • Yangiliklar
  • »
  • “Noxush ishora” — iqtisodchi O‘zbekistonda tug‘ilishlar soni kamaya boshlaganidan xavotir bildirdi

“Noxush ishora” — iqtisodchi O‘zbekistonda tug‘ilishlar soni kamaya boshlaganidan xavotir bildirdi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 47
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 18-03-2024, 12:30
Statistika agentligi 2024 yil yanvar–fevral oylarida 137 457 nafar tirik tug‘ilish holatlari (2023 yilning mos davridan 2,6 foiz kam) qayd etilganini xabar qildi. Iqtisodchi Otabek Bakirov tug‘ilishlar kamayishi yomon ishora ekanini yozib, vaziyat bo‘yicha fikr bildirdi.

Otabek Bakirovning yozishicha, ayrim trendlar tug‘ilish kamayishi davom etishi mumkinligini ko‘rsatadi.

“O‘zbekistonda yillik tug‘ilish soni 2018 yildan buyon uzluksiz o‘sib kelayotgan edi. Teskari tendensiya muvaqqat chetlanishmi yoki yangi tendensiyaning boshlanishimi, xulosa chiqarishga ancha erta? Lekin ayrim trendlar bu holat davom etishi mumkinligini ko‘rsatadi.

Birinchidan, qayd etilgan nikohlar soni ikkinchi yil ketma-ket qisqarmoqda va 2023 yilda yangi davrdagi eng kam nikoh ro‘yxatga olingan (283,8 ming). Bundan kamroq ko‘rsatkich 2016 yilda qayd etilgan (275,0 ming).

Ikkinchidan, ajralishlar soni sun’iy byurokratik to‘siqlarga qaramay, 2023 yilda barcha davrlardagi maksimumga – 49,2 mingga yetgan. Bu raqam mavjud reallikni ifodalamasligi va avvalgi yillardagi to‘siqlarning yumshatilish effekti bo‘lishi ham mumkin.

Uchinchidan va bu eng asosiysi, daromadlarning o‘sishi keskin sekinlashgani. 2023 yilda jon boshiga real daromadlar o‘sishi pandemiya yilini hisobga olmasa, oxirgi 7 yildagi eng past ko‘rsatkichgacha sekinlashgan (2,4 foiz). 5 ta hududda esa real daromadlar qisqargan.
O‘zi yangi davrda tug‘ilishning keskin ortishi daromadlarning o‘sishi bilan yuqori korrelyasiyada bo‘lgan edi. Tug‘ilish dinamikasi uzoq muddatli trendi yana urbanizasiya, gender chaqiriqlari, migrasiya, ertangi kunga ishonch kabi ko‘plab omillar ta’siri ostida shakllanadi”, — deya fikr bildirgan iqtisodchi.
Otabek Bakirov Twitter’dagi sahifasida qo‘shimcha qilishicha, tug‘ilishning qisqarishi agar chuqur omillar ta’sirida shakllanishni boshlagan bo‘lsa, uni to‘xtatish qiyin bo‘ladi.
Avvalroq O‘zbekistonning doimiy aholisi 2024 yilning 1 yanvar holatiga 36,8 million kishini tashkil etgani xabar qilingandi.

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati