Navro‘z — bag‘rikenglik, ahillik, birdamlik va ezgulik ayyomi!

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 51
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 18-03-2024, 12:28
Toshkent imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan 1 son kasb-hunar maktabida ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi. Unda Oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vazirligi mas’ullari ham ishtirok etdilar.

Bayramda xalq o‘yinlari, folklor san’atimizning eng yaxshi namunalari, qadimiy urf-odatlar, ezgu insoniy tuyg‘ular tarannum etilgan kuy-qo‘shiqlar, o‘lan va laparlar mehmonlarning ko‘ngliga samimiyat, xushnudlik ulashdi.

Shuningdek, bayrami munosabati bilan o‘quvchilar uchun bayram dasturxoni yozildi, milliy taomlar tayyorlandi. O‘quvchi va mehmonlar uchun tadbir cheksiz quvonch va zavq bag‘ishladi.

Ta’kidlash joizki, o‘tgan bir yil davomida Oliy ta’lim fan va innovasiyalar vazirligi tomonidan 1601,0 mln. so‘m mablag‘ yo‘naltirilib, Toshkent imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan 1 son kasb-hunar maktabining 2 ta o‘quvchilar turar joyi binolarining ta’mirlash ishlari amalga oshirilgan, shuningdek, ustaxona va mebel jihozlari xarid qilingan.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati