• Главная
  • »
  • Yangiliklar
  • »
  • O‘zDJTSU rektori Rashid Matkarimov Andijon olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida o‘rganishlarni amalga oshirishdi

O‘zDJTSU rektori Rashid Matkarimov Andijon olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida o‘rganishlarni amalga oshirishdi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 46
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 18-03-2024, 12:24
O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti rektori Rashid Matkarimov boshchiligida, universitetga jalb etilgan Germaniyaning Kyoln sport universiteti professorlari Georgiy Korobeynikov hamda Sport vazirligi qoshida tashkil etilgan Jismoniy tarbiya va sportda ilmiy tadqiqotlar instituti olimlari F.Kerimov va R.Burnashev Andijon olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida bo‘lib, bitiruvchi sportchilar va ularning murabbiylari bilan uchrashib ularning faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.

Dastlab, ushbu uchrashuv davomida Universitet rektori tomonidan markaz bilan ilmiy-uslubiy va innovasion texnologiyalar asosida barcha sport turlarini yanada takomillashtirish bo‘yicha o‘zaro hamkorlik aloqalarini yangi bosqichga olib chiqish, aholi o‘rtasida jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanuvchilar qamrovini oshirishda, yurtimizda yetishib chiqayotgan yosh sportchilarni tarbiyalash va seleksiya qilish bo‘yicha takliflar bildirildi.

Kunning ikkinchi qismida, Rashid Matkarimov Andijon shahrida qurilayotgan "Universal" sport majmuasida bo‘lib, obektda olib borilayotgan qurilish ishlar bilan tanishdi.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati