• Главная
  • »
  • Yangiliklar
  • »
  • Saudiya Arabistoni OAV: Toshkent xalqaro investisiya forumining miqyosi va geografiyasi yildan-yilga oshib bormoqda

Saudiya Arabistoni OAV: Toshkent xalqaro investisiya forumining miqyosi va geografiyasi yildan-yilga oshib bormoqda

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 23
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 18-03-2024, 12:22
Saudiya Arabistonining "Neprass", "Shafaq", "Al-Shaamal", "Al-Kifah news" va "Shahdnow" singari yetakchi elektron nashrlarda "Toshkent xalqaro investisiya forumida ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tish jarayoni boshlandi" sarlavhali maqolalar e’lon qilindi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Nashrlarda joriy yilning 2-3 may kunlari III Toshkent xalqaro investisiya forumi (TXIF-III) bo‘lib o‘tishi ma’lum qilingan

"TXIF – bu nafaqat O‘zbekiston, balki butun mintaqa uchun muhim tadbir hisoblanadi, – deb yozgan Saudiya OAV. – An’anaga muvofiq, uning dasturiga davlat rahbari darajasidagi yalpi majlis, turli masalalar muhokamasiga bag‘ishlangan ekspertlarning 50 dan ortiq uchrashuvlari, jumladan panel munozaralari, davra suhbatlari va B2B muzokaralari kiritilgan".

Maqolalarda forumning har bir ishtirokchisi hamkorlar bilan manfaatlar kesishadigan nuqtalarini topishi, muayyan investisiya loyihalarini o‘rganishi, o‘nlab yo‘nalishlarda ro‘y berayotgan so‘nggi tendensiyalarni muhokama qilishi va istiqbolli takliflarni qabul qilishi mumkinligi qayd etilgan.

Ta’kidlanganidek, forum kun tartibida dunyodagi iqtisodiy turbulentlik fonida barqaror o‘sish sur’atlarini namoyish etayotgan, bosqichma-bosqich Markaziy Osiyoning haqiqiy investisiya markaziga aylanib borayotgan O‘zbekistonning salohiyatini namoyon etish alohida o‘rin tutadi.

"Forum miqyosi va geografiyasi yildan-yilga oshib bormoqda. Xususan, TXIF – 2022 (birinchi forum) forumiga 56 davlatdan 2 mingdan ortiq yirik investorlar va yuqori martabali mehmonlar tashrif buyurgan bo‘lsa, TXIF – 2023 esa o‘z maydonida 70 mamlakatdan 2500 ishtirokchini jamladi. 2024 yilda Toshkent sayyoramizning barcha qit’alaridan yanada ko‘proq mehmonlar – investorlar, rasmiylar va tahlilchilarni qabul qilishi kutilmoqda", – deb yozgan Saudiya Arabistoni OAV.


Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati