• Главная
  • »
  • Yangiliklar
  • »
  • MAHALLIY (O‘ZB) Hindistonda tarovih namozi o‘qiyotganda hujumga uchragan talabalar orasida o‘zbekistonliklar bo‘lgani rad etildi

MAHALLIY (O‘ZB) Hindistonda tarovih namozi o‘qiyotganda hujumga uchragan talabalar orasida o‘zbekistonliklar bo‘lgani rad etildi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 44
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 18-03-2024, 12:16
Hindistonning Ahmadobod shahrida Gujarat universiteti yotoqxonasida namoz o‘qigani uchun O‘zbekiston, Bangladesh va Afg‘oniston talabalari hujumga uchragani haqida xabar berilgan edi. O‘zbekiston TIV rahbari matbuot kotibi voqeada O‘zbekiston fuqarolari ishtirok etmaganini ma’lum qildi.

Voqea haqida mahalliy polisiya ma’lumotlariga tayanib The New Indian Express xabar bergandi. Unga ko‘ra, 16 mart kuni soat 22:50 atrofida Gujarat universiteti yotoqxonasiga yigirmaga yaqin odam bostirib kirib, xorijlik talabalarning muassasada namoz o‘qishiga e’tiroz bildirgan.

Uning bildirishicha, O‘zbekistonning Hindistondagi elchixonasida konsullik ro‘yxatida turgan talabalar orasida Gujaratda o‘qiyotganlar mavjud emas. O‘zbekistonlik talabalardan hozirgacha diplomatik vakolatxonaga hech qanday murojaat kelib tushmagan.

Hindistonning tegishli davlat idoralari bilan ushbu masalaga oydinlik kiritish maqsadida yaqin aloqa o‘rnatilgan.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati