• Главная
  • »
  • Yangiliklar
  • »
  • Air Samarkand: Samarqand – Istanbul – Samarqand yo‘nalishi bo‘yicha muntazam reyslar yo‘lga qo‘yilmoqda

Air Samarkand: Samarqand – Istanbul – Samarqand yo‘nalishi bo‘yicha muntazam reyslar yo‘lga qo‘yilmoqda

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 44
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 18-03-2024, 12:14
2024 yil 21 martdan "Air Samarkand" kompaniyasining "Airbus A321neo" samolyotida Samarqand – Istanbul – Samarqand yo‘nalishi bo‘yicha muntazam reyslar yo‘lga qo‘yiladi.

Birinchi bosqichda reyslar haftasiga ikki marta, dushanba va payshanba kunlari Istanbulning yirik aeroportiga (IST) amalga oshiriladi. Samarqanddan uchib ketish ertalabki soat 8 ga rejalashtirilgan bo‘lib, qaytish reyslari Istanbuldan soat 12:30 da boshlanib Samarqandga 19:00 da yetib kelinadi (har bir manzil uchun mahalliy vaqt ko‘rsatilgan).

"Air Samarkand" aviakompaniyasi bosh direktori lavozimiga Zafar Abdullayevich Butayev tayinlandi. Kompaniyaning avvalgi direktori Anton Ashotovich Xojayan aviakompaniya Direktorlar kengashi a’zosi va maslahatchisi sifatida Samarqand xalqaro aeroportining "Air Marakanda" boshqaruvchi kompaniyasining bosh direktori lavozimida faoliyat yuritadi.

Istanbul Samarqanddan muhim va sertalab yo‘nalishlardan biri hisoblanadi. Turkiyaning yirik shahrini O‘zbekiston bilan ko‘p asrlik madaniy, tadbirkorlik va sayyohlik aloqalari bog‘lab turadi. Bundan tashqari, Istanbul aeroporti butun dunyo bo‘ylab keng sayohat qilish imkoniyatlarini taklif etadi. Tez orada "Air Samarkand" Samarqand aholisiga Bosfordagi buyuk shaharga sayohat qilish uchun yana bir qulay imkoniyatni taqdim etishni rejalashtirgan.

Ilk muntazam parvozni yo‘lga qo‘yish har qanday aviakompaniya uchun muhim bosqichdir. Jadval asosida parvozlarni amalga oshirayotgan "Air Samarkand" yo‘lovchilar sayohatlarini samarali rejalashtirish bilan bir qatorda, bortda qulaylik, jahon darajasidagi xizmat va to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarning qulayligidan bahramand bo‘lish imkoniyatini beradi.

Ushbu yo‘nalishda parvoz qiluvchi samolyot dunyoning yetakchi aviakompaniyalari tomonidan foydalaniladigan zamonaviy va xavfsiz havo kemasidir. Ekspluatasiya davrida "Airbus A321" o‘zining xavfsizligini isbotladi va yo‘lovchilar tomonidan qulayligi uchun e’tirof qilinadi. Air Samarkand parvoz vaqtida shovqinning eng past darajasini ta’minlaydigan CFM International LEAP-1A so‘nggi avlod dvigatellari bilan jihozlangan “neo” zamonaviy modifikasiyasini taklif etadi. Samolyot 221 ta yo‘lovchilik sig‘imiga ega ekonom-klass o‘rindiqlari bilan jihozlangan salonga ega.
Ushbu yo‘nalishda "Air Samarkand" yo‘lovchilarga me’yordan ortiq yuk hajmini taklif etadi: har biri 23 kilogrammga teng 2 ta topshiriladigan yuk o‘rni va salonda olib ketiladigan qo‘l yuki 8 kilogramm bo‘lishi mumkin.
Istanbulga parvozlar uchun chiptalarni "easybooking.uz" veb-saytidan, shuningdek, "Easy Booking" tizimiga ulangan agentliklar tarmog‘idan, "biletbank.com" veb-saytlaridan sotib olish mumkin. Tez orada "airsamarkand.com" veb-saytida, mashhur onlayn-kassalarda va agregatorlarda ham chiptalarni harid qilsa bo‘ladi.
Ma’lumot uchun, "Air Samarkand" - Samarqand xalqaro aeroportida joylashgan O‘zbekiston aviakompaniyasidir. 2022 yil aprel oyida tashkil etilgan. Aviakompaniya floti zamonaviy xavfsiz "Airbus A330", "A321" va "A321neo" samolyotlaridan iborat.
Aviakompaniyaning asosiy maqsadi Samarqand va qo‘shni viloyatlar aholisiga turli yo‘nalishlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri sayohat qilish, mehmonlarga esa oraliq manzillarni chetlab o‘tib, Samarqandga tashrif buyurish imkoniyatini berishdir.

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati