Tez orada Germaniyaga ishga boruvchilar uchun til bilish talabi yumshatiladi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 25
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 18-03-2024, 12:10
Germaniyada mehnat muhojirlariga bo‘lgan talab oshib bormoqda. Bunga davlatda bo‘layotgan katta demografik jarayonlar sabab qilib ko‘rsatiladi.



Ayni vaqtda olmon mehnat bozorida O‘zbekistondan boruvchi tibbiyot yo‘nalishidagi mutaxassislarga talab katta. Jumladan, Germaniyadagi 1000 dan ortiq shifoxonalarga tibbiyot xodimlari yetishmayapti. Bu borada O‘zbekiston tomoni ushbu bo‘shliqni to‘ldirishga tayyorligini ta’kidlaydi.



Biroq, mazkur jarayonni til bilishdagi muammolar sekinlashtirib yubormoqda. Bu esa til bo‘yicha qo‘yilgan talablarni yumshatish taklifini ko‘rib chiqishga undaydi.


Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri Behzod Musayev, Germaniyaning «Mangold Consulting Gmbh» kompaniyasi prezidenti Klaus Mangold hamda boshqaruvchi direktor, doktor Kristof Mangold o‘rtasida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda ham til bilish talabi yumshatilishi taklif qilinib, nemis tili o‘quv kurslari muddatini qisqartirish zarurligi aytilgan.

Bu faqat tibbiyot sohasidagi xodimlar uchun emas, balki metallni qayta ishlash korxonalaridagi mexatronika, logistika, yuk avtomobili haydovchiligi yo‘nalishlariga ham taalluqli bo‘lishi mumkin. Chunki mazkur sohada ishlovchi kadrlarga ham hozirda Germaniyada talab yuqori.

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati