Tashqi ishlar vaziri boshchiligidagi O‘zbekiston delegasiyasi Vyetnamga tashrif buyurdi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 46
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 18-03-2024, 12:04
Bugun tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov boshchiligidagi O‘zbekiston delegasiyasining Vyetnamga tashrifi boshlandi.

"O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov boshchiligidagi delegasiya rasmiy tashrif bilan Vyetnam poytaxti Xanoy shahriga keldi, — deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbarining matbuot kotibi Axror Burxanov o‘zining telegram kanalida. — Kun tartibidan qator tashkilotlar rahbarlari bilan muzokaralar va uchrashuvlar hamda O‘zbekiston-Vyetnam biznes-forumi o‘rin olgan".

Bu mamlakatlarimiz o‘rtasida 1992 yilda diplomatik aloqalar o‘rnatilganidan beri O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining Vyetnamga ilk tashrifidir.

Vyetnam TIV ma’lumotiga ko‘ra, tashrif doirasida O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri mamlakat oliy rahbariyati bilan uchrashadi, tashqi ishlar vaziri Buy Txan Son bilan muzokaralar o‘tkazadi, shuningdek, vazirlik va idoralar rahbarlari bilan ikki tomonlama hamkorlik masalalarini muhokama qiladi.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati