Ukraina «Gazprom» bilan gaz tranziti shartnomasini uzaytirishni rejalashtirmayapti

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 42
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 18-03-2024, 11:58
Ukraina hukumati Gazprom bilan gaz tranziti bo‘yicha yangi shartnomani uzaytirishni yoki yangi shartnoma tuzishni rejalashtirmayapti.

Bu haqda Ukraina energetika vaziri German Galushenko ma’lum qildi, deb yozadi «Report» TASS agentligiga tayanib.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Ukrainaning gaz transporti tizimi stress-testlardan o‘tgan va tranzitsiz xavfsiz yashashi mumkinligini isbotlagan.

Eslatib o‘tamiz, 4 mart kuni Ukraina bosh vaziri Denis Shmigal Kiyev «Gazprom» bilan shartnoma shu yil oxirida tugaganidan so‘ng Rossiya gazini o‘z hududi orqali Yevropaga tranzitini davom ettirishga tayyorligini ma’lum qilgandi. Moskva bilan bevosita muzokaralar olib borish niyatida emas. Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya gazini Ukraina gaz transporti tizimiga o‘tkazilgunga qadar Yevropa davlatlari sotib olishi mumkin.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati