• Главная
  • »
  • Yangiliklar
  • »
  • Buyuk Britaniya Mudofaa vaziri va Qurolli kuchlar bosh qo‘mondoni Ukrainaga tashrifi chog‘ida Kiyev hukumati va harbiy qo‘mondonlikka urushdagi strategiya bo‘yicha maslahatlar berishgan

Buyuk Britaniya Mudofaa vaziri va Qurolli kuchlar bosh qo‘mondoni Ukrainaga tashrifi chog‘ida Kiyev hukumati va harbiy qo‘mondonlikka urushdagi strategiya bo‘yicha maslahatlar berishgan

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 49
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 18-03-2024, 11:52
Buyuk Britaniya Mudofaa vaziri va Qurolli kuchlar bosh qo‘mondoni Ukrainaga tashrifi chog‘ida Kiyev hukumati va harbiy qo‘mondonlikka urushdagi strategiya bo‘yicha maslahatlar berishgan. Bu haqda The Sunday Times xabar berdi.

"Grant Shepps va Toni Radakin Ukrainada Zelenskiy, Umerov va Sirskiy bilan uchrashgan. Britaniyaliklar Ukraina qarshi hujumni keyinga qoldirib, Qrim va Qora dengiz flotiga hujumlarga e’tibor qaratishi kerakligini bildirgan", deb yozadi nashr.

Shepps va Radakin Kiyevni front chizig‘iga hujum qilish rejalaridan voz kechib, buning o‘rniga shimoliy va sharqiy yo‘nalishdagi mudofaa chiziqni ushlab turishga va kerak bo‘lsa, ruslarni to‘xtata oladigan yaxshiroq pozisiyalarga chekinishga chaqirdi.

Radakin, shuningdek, Qora dengizda Rossiyani tiyib turish va eksport uchun muhim yuk tashish yo‘llarini himoya qilishga qodir bo‘lgan kichikroq kemalar va dronlardan iborat flotni tashkil etishni maslahat bergan.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati