Davron Hidoyatov yangi lavozimga tayinlandi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 28
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 18-03-2024, 11:40
Toshkent viloyati Chirchiq shahrining sobiq hokimi Davron Hidoyatov «O‘zavtosanoat» AJ boshqaruvi raisi o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan. Bu ma’lumotni Kun.uz manbasi tasdiqladi.



Davron Hidoyatov (1976 yilda tug‘ilgan) — Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti (1998 yil) va O‘zbekiston bank-moliya akademiyasi (2001) bitiruvchisi. 1996–2004 yillarda O‘zbekiston Markaziy banki tizimida, 2004–2005 yillarda «Osiyo-Invest Bank» (Moskva) boshqaruvi raisi lavozimida, 2005–2009 yillarda O‘zbekiston Markaziy banki tizimida ishlagan.



2009 yildan 2012 yilgacha GM Uzbekistan kompaniyasining moliya bo‘yicha ijrochi direktori, 2012 yildan 2014 yilgacha MAN Auto-Uzbekistan QK bosh direktori lavozimlarida xizmat qilgan.


2014–2017 yillarda O‘zbekiston Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni kuchaytirish davlat qo‘mitasi raisi, 2017–2018 yillarda Chilonzor tumani hokimi, 2018–2021 yillarda Toshkent shahar hokimining arxitektura, kapital qurilish va kommunikasiyalarni rivojlantirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

Davron Hidoyatov 2021 yil yanvar oyidan Toshkent viloyati hokimi bo‘lgan, o‘sha yil noyabrida Chirchiq shahriga hokim etib tayinlangan edi. U 2024 yil mart oyida esa boshqa ishga o‘tayotgani munosabati bilan shahar hokimligini tark etgani xabar qilingandi.

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati