Madaniy meros ob’ektlari restavrasiyasi Eron kompaniyasi ishtirokida amalga oshiriladi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 50
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 18-03-2024, 11:28
O‘zbekiston elchisi Fariddin Nasriyev Eroning «Razigaran Arg-e Azadi Consulting Engineers Company» kompaniyasi direktori Alirizo Anisi bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Alirizo Anisi O‘zbekistonning Markaziy Osiyoning eng yetakchi mamlakatlaridan biri sifatida bilishini va o‘zbek tadbirkorlari bilan birgalikda qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga tayyorligini ta’kidladi. U, shuningdek, O‘zbekistondagi madaniy meros ob’ektlarini restavrasiya qilish bo‘yicha loyihalarda qatnatish taklifini ham ilgari surdi.

Tomonlar mazkur yo‘nalishda hamkorlikning istiqbollari xususida fikr almashdilar.

Bo‘lib o‘tgan uchrashuvdan so‘ng Eron tomoni diplomatik missiya binosida tashkil etilgan o‘zbek milliy hunarmandchilik mahsulotlari bilan bezatilgan va mamlakatimiz urf-odatlari va an’analari aks etgan burchak bilan tanishdi, deb xabar beradi «Dunyo» AA.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati