Ramazonda takroriy umraga ruxsat berilmaydi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 23
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 18-03-2024, 11:20
Saudiya Arabistoni Haj va umra vazirligi ramazon oyida ikki yoki undan ortiq umra ziyoratiga ruxsat berilmasligini aytdi. Bu haqda tegishli manbalarga tayanib, Gulf News xabar berdi.

Vazirlik cheklov tirbandlikni kamaytirish hamda boshqalarga umra ziyoratiga borishga imkon berish maqsadida qo‘yilganini aytgan.

Umra jarayonlarini elektron tarzda osonlashtiradigan Saudiya Arabistoni hukumati platformasi Nusuk’ga ko‘ra, agar o‘sha shaxs ikkinchi umra uchun ruxsat olishga harakat qilsa, quyidagi xabar paydo bo‘ladi: Ruxsat berilmaydi. Hammaga umra qilish imkoniyatini berish uchun Ramazon oyida kichik hajlarni takrorlab bo‘lmaydi.

So‘nggi oylarda qirollik xorijdagi musulmonlarga mamlakatga kelib, ziyoratni ado etish uchun qator imkoniyatlar bergan. Shaxsiy, mehmon va sayyohlik vizalari kabi har xil turdagi kirish vizasiga ega bo‘lgan musulmonlar elektron uchrashuvni bron qilganidan so‘ng umra ziyoratini ado etishlari va Madinadagi Payg‘ambarimiz Muhammad (s.a.v.) qabri joylashgan Ravzai Sharifni ziyorat qilishlari mumkin. Saudiya Arabistoni rasmiylari umra vizasining amal qilish muddatini ham 30 kundan 90 kunga uzaytirgan.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati