Uch yoshgacha bo‘lgan bolani tarbiyalayotgan ayolga qisqartirilgan ish vaqti beriladi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 47
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 18-03-2024, 11:16
Qonunchilikka ko‘ra, uch yoshga to‘lmagan bolaning byudjet tashkilotlarda ishlaydigan onasi haftasiga 35 soatdan oshmaydigan ish vaqti belgilanadi va bunda ish haqi kamaytirilmaydi.

Ish beruvchi homilador ayolning, 14 yoshga to‘lmagan bolaning (16 yoshga to‘lmagan nogironligi bo‘lgan bolaning) onasining iltimosiga ko‘ra tibbiy xulosa asosida to‘liqsiz ish vaqtini belgilashi shart.

16 yoshga to‘lmagan nogironligi bo‘lgan bolani tarbiyalayotgan onaga oyiga qo‘shimcha bir dam olish kuni berilib, davlat ijtimoiy sug‘urta mablag‘lari hisobidan shu vaqt uchun bir kunlik ish haqi miqdorida nafaqa to‘lanadi.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati