Tadqiqot: Respirator virusli kasalliklar xavfini kamaytirish usuli topildi

  • Жанр: Salomatlik
  • Смотрели: 58
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 18-03-2024, 11:14
Mavsumiy xastaliklar, xususan, gripp, O‘RVI avj olgan pallalarda xonalarni tez-tez shamollatib turish tavsiya etiladi. Bu — viruslar ko‘payishiga qarshi sinovdan o‘tgan samarali usul.

Ammo har ishda bo‘lgani singari ushbu profilaktik chorani qo‘llashda ham me’yor muhim. Ya’ni yopiq bino va inshootlar, yashash xonalari hamda ish kabinetlari keragidan ortiq shamollatilsa, havo namligi kamayib, respirator viruslar tarqalishi osonlashishi aniqlandi.

AQShning "PNAS" yetakchi ilmiy jurnalida e’lon qilingan tadqiqot natijalari ayni shu masalaga bag‘ishlandi.

Mualliflar xulosasiga ko‘ra, vodorod peroksidi suv mikrotomchilarida mustaqil ravishda paydo bo‘la oladi. Ushbu modda nafas olish, aksirish, yo‘talish chog‘ida bemorlardan havoga ajraladigan suyuqlik tarkibidagi virusni yo‘q qilish xususiyatiga ega.

Tadqiqot davomida havo namligi 15 foizdan 50 foizgacha bo‘lgan yopiq muhitda vodorod peroksidi konsentrasiyasi 3,5 baravar oshishi qayd etildi. 50-95 foiz oralig‘idagi ko‘rsatkichda esa bu modda deyarli doimiy mavjud bo‘ladi.

Olimlar mazkur xulosani yana bir eslatma bilan boyitdi: namlik darajasi past bo‘lganda, virus quruq holatda havoda uzoq vaqt saqlanadi. Bu esa uning bemorlarga yuqish xavfini oshiradi.
Shu bois uy ichidagi nisbiy namlik darajasi 40 foizdan 60 foizgacha bo‘lishini ta’minlash viruslardan himoyalanishning samarali usuli sifatida tavsiya etiladi.

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati