• Главная
  • »
  • Yangiliklar
  • »
  • Shavkat Mirziyoyev Vladimir Putinni Rossiya prezidentligi saylovidagi g‘alabasi bilan tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Vladimir Putinni Rossiya prezidentligi saylovidagi g‘alabasi bilan tabrikladi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 48
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 18-03-2024, 11:08
Shavkat Mirziyoyev Rossiya prezidenti Vladimir Putinni bo‘lib o‘tgan prezident saylovida qozongan ishonchli g‘alabasi bilan tabrikladi. Bu haqda prezident matbuot kotibi xabar berdi.

O‘zbekiston prezidenti maktubida saylovchilarning yuqori faolligi va ovoz berish natijalari aholi Vladimir Putinning siyosati va ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar dasturiga ishonch bildirayotgani va ularni qat’iy qo‘llab-quvvatlayotganining navbatdagi yorqin namoyishi bo‘lgani ta’kidlanadi.

Mamlakat yetakchisi Rossiya prezidentiga mustahkam sog‘lik, baxt-saodat va davlatchilik faoliyatida katta muvaffaqiyatlar, Rossiya xalqiga esa tinchlik va ravnaq tiladi.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati