Er islohotlari bo‘yicha Chexiya va Slovakiya tajribasi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 43
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 18-03-2024, 10:56
Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti (MHTI) mutaxassislari Chexiya va Slovakiyada yer islohotlarining o‘tkazilishi bo‘yicha xorij tajribasini o‘rgandi.

Chexiya va Slovakiya (o‘sha paytdagi Chexoslovakiya)da yer islohotlari 1991-yilda “Er to‘g‘risida”gi qonun va 1992-yilda “Jamoa xo‘jaliklarining o‘zgarishi to‘g‘risida”gi qonun qabul qilinganidan keyin boshlandi.

Er islohotlarining maqsadi 1948-yilgacha mavjud bo‘lgan yerga egalik (restitusiya) tuzilmasini tiklash edi. Yer avvalgi egalariga yoki ularning merosxo‘rlariga qaytarilgan.

Har ikki mamlakatda restitusiya o‘ta tarqoq mulk tuzilmasining tiklanishiga olib keldi. Chexiya Respublikasida qishloq xo‘jaligi yer uchastkasining o‘rtacha maydoni 0,4 gektarni, Slovakiyada esa 0,45 gektarni tashkil etdi.

Erlarning tarqoqligi va ko‘plab mulkdorlarda qishloq xo‘jaligi bilan shug‘ullanish istagining yo‘qligi sababli yerning katta qismi (Chexiyada 86 foiz va Slovakiyada 91 foiz) yirik korporativ xo‘jaliklarga ijaraga berildi.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati