Isroil HAMASning eng uzun tunnelini portlatib yubordi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 22
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 18-03-2024, 05:24
Isroil armiyasi G‘azo shimolidagi operasiya davomida HAMASning eng uzun tunnelini portlatib yubordi. Bu haqda armiya matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, tunnel uzunligi 2,5 kilometrni tashkil qiladi. U sektorning shimoliy va janubiy qismlarini bog‘laydi.

Fevral oyida sektordagi BMT qarorgohi (UNRWA) ostida HAMASning qo‘mondonlik tunneli topilgandi. Isroil harbiylari 700 metr uzunlikda va 18 metr chuqurlikda ekanini aytgan tunnel joyida ikkiga bo‘lib, yon kameralarni hosil qilgan. Tunneldagi elektr energiyasi aynan BMT shtab-kvartirasidan ta’minlangan. Isroil armiyasining fikricha, bu HAMAS razvedkasi uchun markaziy qo‘mondonlik punktlaridan biri bo‘lib, ular janglarning katta qismini shu yerdan boshqargan.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati