• Главная
  • »
  • Yangiliklar
  • »
  • Rossiya MSK: Saylov byulletenlarining 26,10 foizini qayta ko‘rib chiqilganidan so‘ng, Putin 87,86 foiz ovoz bilan yetakchilik qilmoqda

Rossiya MSK: Saylov byulletenlarining 26,10 foizini qayta ko‘rib chiqilganidan so‘ng, Putin 87,86 foiz ovoz bilan yetakchilik qilmoqda

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 45
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 18-03-2024, 04:34
Rossiya MSK: Saylov byulletenlarining 26,10 foizini qayta ko‘rib chiqilganidan so‘ng, Putin 87,86 foiz ovoz bilan yetakchilik qilmoqda.

Markaziy saylov komissiyasiga ko‘ra, Nikolay Xaritonov 3,86 foiz, Vladislav Davankov 3,76 foiz, Leonid Sluskiy 2,97 foiz ovoz olgan.

Avvalroq Rossiya davlat sosiologik xizmati (VSIOM) exit-poll natijalarini e’lon qilgan edi, unga ko‘ra Vladimir Putin 87% ovoz to‘plagan. Ikkinchi o‘rinda kommunist Nikolay Xaritonov (4,6 foiz), uchinchi o‘rinda Vladislav Davankov (4,2 foiz) va to‘rtinchi o‘rinda Leonid Sluskiy (3,0 foiz) qayd etilgan.

FOM exit-poll ma’lumotlariga ko‘ra esa, saylovchilarning 87,8 foizi Putinga, 4,7 foizi Xaritonovga, 3,6 foizi Davankovga va 2,5 foizi Sluskiyga ovoz bergan. Yana 1,4% byulletenlar yaroqsiz holatda deb belgilangan.

Bungacha bir qator OAV va Telegram kanallari Rossiya bo‘ylab saylov uchastkalarining yakuniy bayonnomalarni e’lon qilgan. Ularning deyarli barchasida Putindan keyin ikkinchi o‘rinni Vladislav Davankov egallagan va uning ko‘rsatkichlari 4 foizdan 20 foizgacha ekanligi xabar berilgan.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati