Hayotda pand bermaydigan 16 ta murakkab, ammo o‘ta muhim ko‘nikmalar

  • Жанр: Salomatlik
  • Смотрели: 24
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 15-04-2024, 11:20
Hech qachon qadr-qimmatini yo‘qotmaydigan mazkur ko‘nikmalar o‘zlikni anglashga, insonlar bilan til topishishga hamda dunyo bilan garmoniyani his etishga yordam beradi.

Empatiya — hozirgi kunda ko‘pchilik unutib qo‘ygan eng asosiy insoniylik tuyg‘ularidan biri. Boshqalarning dardi va muammolariga hamdard bo‘la olish hissi odamlar bilan ishlaydigan oddiy ishchini birinchi darajali mutaxassisga aylantiradi, xodimlarning bir jamoa bo‘lib mehnat qilishiga motivasiya beradi va umumiy maqsadlarni birlashtirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Kun rejimini to‘g‘ri tashkil qilish uyqu sifatini oshirishda muhimdir. Har kuni ma’lum kun tartibiga amal qilsangiz, qisqa muddatda uyquga ketish va uyg‘onishga yordam beradi.

Barcha muhim ishlarga ulgurish, kunni mazmunli o‘tkazishda taym-menejment ko‘nikmasi kerak bo‘ladi. Buning uchun barchaga birdek mos keladigan muayyan rejim yo‘q. O‘zingizga qulay va to‘g‘ri keladigan tartibni tanlang va unga doimiy amal qilishga harakat qiling.

Yordamga muhtoj bo‘lib qolganingizni anglash va uni o‘zgalardan so‘rash ko‘pchilik uchun murakkab bo‘lishi mumkin, chunki hech kim o‘zini zaif ko‘rsatishni istamaydi. Biroq psixologlarning fikricha, yordam so‘rash orqali biz insonlarning bilim va tajribasiga bo‘lgan ishonchimizni ko‘rsatamiz, ularning mehrini qozonamiz.

O‘zgalar biz haqimizda qanday fikrda ekanligi muhim emas. Asosiysi, inon o‘zligi bilan yaxshi muloqotda bo‘lishi, hurmat qilishidir. Atrofdagilar sizga ishonch bildirmaganda ham o‘zingizga bo‘lgan ishonchning so‘nmasligi kabi ko‘nikmani hosil qilish uchun uzoq vaqt talab etiladi. Shu sababli ichki “men”ingiz bilan pozitiv dialog qilish zarur.
Kamdan-kam holatda insonlar hozirgi daqiqani his etib yashaydi — barcha kelajak tashvishi yoki o‘tmish iztirobi bilan ovora. Bunday holat bizga to‘laqonli baxtni his etishimizga xalaqit beradi.
Har qanday sohada muvaffaqiyatga erishishda harakatlar izchilligi muhimdir. Insonlar ko‘pincha ma’lum pog‘onaga yetgach harakat qilishdan to‘xtab qoladi. Ammo yuqori darajani saqlab qolish uchun doimiy izlanish va mehnat qilish talab etiladi.
Boshqalar ishiga burun suqish orqali ularga yordam bera olmaysiz, bekorga vaqt va kuch sarflaganingiz qoladi. Buni eslab qolish uchun esa ba’zan uzoq vaqt ketadi.
Ish vaqtida suhbatdoshingiz gaplarini turli chalg‘ituvchi omillar sababli doim ham to‘liq eshitishga ulgurmaysiz. Agar suhbatdoshingiz aytayotgan ma’lumotni xotirada yaxshi saqlab qolishni istasangiz, uning ba’zi iboralarini takrorlab qo‘ying.

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati