Simeone boshchiligidagi Atletiko La Ligada Barsani 25 ta to‘qnashuvdan 2 tasida mag‘lub etgan

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 42
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 18-03-2024, 04:02
Diyego Simeone La Liga doirasida "Barselona"ga qarshi o‘yinlarning 64 foizida mag‘lub bo‘lgan.

Bugun uning qo‘l ostidagi “Atletiko” o‘z maydonida “ko‘k-anorranglilar”ga 0:3 hisobida imkoniyatni boy berdi.

Argentinalik qo‘l ostida jamoalar chempionatda 25 marta to‘qnash kelishgan. Ular ilk bor 2012 yilning 26 fevralida o‘ynagan va kataloniyaliklar 2:1 hisobida g‘alaba qozongan. O‘shandan beri "Barselona" yana 15 ta g‘alabaga erishdi, 7 o‘yin durang bilan yakunlandi. Bu vaqt ichida “Atletiko” bor-yo‘g‘i ikki marta g‘alaba qozongan: 2020 va 2021 yillarda. Shu tariqa, madridliklar olish mumkin bo‘lgan 75 ochkodan atigi 13 ochko olgan.

Chempionlar ligasi, Ispaniya kubogi va Superkubogini hisobga olsak, Simeone "Barselona" bilan 35 ta uchrashuv o‘tkazgan. "Atletiko" 5 marta g‘alaba qozongan, 11 marta durang o‘ynagan va 19 marta mag‘lub bo‘lgan.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati