Almeriya 29-turga kelib La Ligadagi ilk g‘alabasini qo‘lga kiritdi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 45
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 18-03-2024, 01:58
"Almeriya" La Liganing joriy mavsumidagi ilk g‘alabasini qo‘lga kiritdi.

Jamoa Ispaniya chempionatining 29-turida “Las-Palmas”ni mehmonda 1:0 hisobida mag‘lub etdi. Bungacha "Almeriya" La Liganing 18 uchrashuvida mag‘lub bo‘lgan va 10 marta durang o‘ynagan.

"Almeriya" oxirgi marta 20 may kuni La Liga o‘yinida g‘alaba qozongandi. Jamoaning g‘alabasiz umumiy seriyasi 31 o‘yin davom etdi, bu esa klub uchun antirekord hisoblanadi.

"Almeriya" La Liganing joriy mavsumida 29 turdan keyin 13 ochko bilan oxirgi o‘rinda bormoqda.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati