Iraola: Uch ochkoga loyiq edik

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 15
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 14-04-2024, 08:28
Angliyada Premyer-liganing 33-turi doirasidagi o‘yinlar bo‘lib o‘tdi. “Bornmut” “Manchester Yunayted” o‘rtasidagi bahsda durang natija qayd etildi – 2:2.

"Bornmut"ning ispaniyalik murabbiyi o‘z jamoasi to‘liq ochko olmaganidan afsusda ekanligini aytdi. 

"Biz ishni tugatmadik. "Manchester Yunayted"ga qarshi durang umuman yaxshi, ammo menimcha, biz uch ochkoga loyiq edik.

Ayniqsa, birinchi bo‘limda ko‘plab vaziyatlarni qo‘ldan boy berdik. Tanaffusga boshqacha hisobda borishimiz kerak edi.

Biz qo‘ldan boy berilgan imkoniyatlar va hakamlarning bizga qarshi chiqargan qarorlari tufayli g‘alaba qozona olmadik”, - deya Iraolaning so‘zlarini keltiradi BBC Sport.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati